Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi (Toshkent)
Masjid | |
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Chilonzor |
Manzil | Soʻgalli ota mahallasi[1] |
Yoʻnalishi | sunniy |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Oʻzbekiston hukumati[2] |
Homiylar | Oʻzbekiston musulmonlari idorasi |
Binokorlik | 2018-yil 3-fevral—2019-yil 10-may |
Soʻngi imom | Ismoilxon Muhammad Yusuf[3] |
Maqomi | Faoliyat yuritmoqda |
Umumiy maydoni | 2 gektar |
Minoralar soni | 2 |
Minoralar soni | 2 |
Minoralar balandligi | 20 metr |
Qurilish materiali | Gʻisht, beton, sement, yogʻoch, temir, alyumin |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona | |
Madrasa |
41°26′14″N 69°17′26″E / 41.43722°N 69.29056°E
Toshkentdagi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi — 2018—2019-yillarda qurib bitkazilgan masjid. Oʻzbekiston musulmonlari idorasining 1989—1993-yillardagi raisi, muftiy Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf sharafiga nomlangan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi Soʻgalli ota ziyoratgohi yonida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qurilishini boshlatgan masjid uzoq yillar qarovsiz holda qolib ketgan edi. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil fevral oyida bu yerga kelib, masjidni keng va koʻrkam qilib qurish boʻyicha topshiriqlar bergan. Bir yildan ortiqroq vaqt davomida 2 gektardan ziyod maydonda ulkan majmua bunyod etildi. Avvalgi loyihadagi ayvon oʻrni ham masjid binosiga qoʻshilib, yanada kengaytirildi. Majmuadan, shuningdek, konferens-zal, oʻquv xonalari, tahoratxona, muzey va boshqalar joy olgan. Yoʻl boʻyidagi Soʻgalli ota maqbarasi taʼmirlangan. Beton qoldiqlari chiqarib tashlanib, koʻkalamzorlashtirilgan.